Линклар

Шошилинч хабар
28 ноябр 2024, Тошкент вақти: 14:41

“Qirg‘iziston” partiyasi lideri davlat to‘ntarishi uyushtirishga uringanlikda ayblanib qamoqqa olindi


Qirg‘iziston prezidentligiga nomzod O‘murbek Babanov (chapda) va Qanatbek Isaev parlament yig‘ilishida.
Qirg‘iziston prezidentligiga nomzod O‘murbek Babanov (chapda) va Qanatbek Isaev parlament yig‘ilishida.

“Qirg‘iziston” partiyasi lideri Kanatbek Isaev hokimiyatni bosib olish uchun jinoyat olami bilan til biriktirganlikda va yoshlardan iborat maxsus guruhni tayyorgarlikdan o‘tkazganlikda ayblanmoqda.

“Қирғизистон” партияси лидери давлат тўнтариши уюштиришга уринганликда айбланиб қамоққа олинди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:00 0:00

Babanov: Isaev meni qo‘llagani uchun qamoqqa olindi

“Respublika” partiyasidan Qirg‘iziston prezidentligiga nomzod O‘murbek Babanov “Qirg‘iziston” partiyasi raisi Qanatbek Isaevning qamoqqa olinishini sharhlar ekan, 1 oktabr kuni o‘tgan matbuot anjumanida:

- Qanatbek Kedeykanovich saylovda meni qo‘llayotgani uchun qamaldi. U kishining prinsipial ekanini bilaman, u hech qachon mamlakatda tartibsizlik keltirib chiqarishni o‘ylamagan. Men uning qamoqqa olinishiga asos bo‘lgan videolarni ko‘rib chiqdim. Ularning hech birida davlat to‘ntarishi haqida so‘z bo‘lmagan. Mening ham hokimiyatni bosib olish maqsadim yo‘q va bo‘lmagan. Mustaqil kuzatuvchilar fikricha, sylovda mening reytingim 65 foizni tashkil qilmoqda. Shundoq ekan, men va mening tarafdorlarim hokimiyatni kuch bilan bosib olishi to‘g‘risidagi gaplar mantiqqa to‘g‘ri keladimi? Aql-xushi joyida odam bu ishni qilmaydi, -deb bildirdi.

Maxsus xizmat: Isaev jinoyat olami bilan til biriktirib hokimiyatni bosib olmoqchi bo‘lgan

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik xizmati 30 sentabr kuni mamlakatdagi eng nufuzli siyosatchilardan biri hisoblangan Qanatbek Isaevni “jinoyat olamini va yoshlarni jalb qilish orqali hokimiyatni kuch bilan bosib olishni uyushtirshga harakat qilganlik”da ayblab qamoqqa olgan edi.

Milliy xavfsizlik xizmatiga ko‘ra, Isaev 15 oktabrda o‘tadigan prezidentlik saylovi natijalariga ko‘ra Babanov prezidentlikka saylanmay qolsa davlat to‘ntarishi uyushtirish uchun katta miqdordagi pullarni bo‘lishtirgan.

Maxsus xizmat matbuot kotibi Raxat Sulaymanov matbuotga bu haqda mana bularni bildirdi:

- 2017 yilning 30 sentabrida ommaviy tartibsizliklarni uyushtirish va hokimiyatni kuch bilan bosib olishga tayyorgarlik ko‘rish ayblovi bilan Bosh prokuratura tomonidan ochilgan jinoyat ishi doirasida deputat Isaev Kanatbek Kedeykanovich, shuningdek, uyushgan jinoiy guruhlarning ayrim a’zolari qo‘lga olindi. Isaev prezidentlikka nomzod O‘murbek Babanovning ashaddiy tarafdori sifatida jinoyat olami vakillari bilan maxsus tayyorlangan yoshlarga saylov paytida va undan keyin tartibsizliklarni uyushtirish, hokimiyatni kuch bilan bosib olish uchun pul tarqatgan, -dedi Raxat Sulaymanov.

Bundan tashqari Youtube kanalida “Kanat Isaev tayyorgarlik uchun 3 million dollar bermoqda”, “Kriminalning hokimiyatni bosib olish bo‘yicha so‘zlashuvlari (Babanov-prezident, Isaev-spiker, To‘ro‘baev-Bosh vazir)”, “Kanat Isaev hokimiyatni bosib olish uchun jinoyatchilarni tayyorladi” kabi videolar tarqatildi.

Mustaqil kuzatuvchilar nima deydi?

Ayrim mustaqil kuzatuvchilar va siyosatchilar Isaevning qamoqqa olinishini prezidentlik poygasida O‘murbek Babanov amaldagi hokimiyat tomonidan prezidentlikka nomzoddan ustun kelayotgani bilan bog‘lamoqdalar. Jumladan, sobiq deputat va mashhur jurnalist Kabay Karabekov hokimiyat shunday yo‘l bilan Babanovni saylovchilar nazdida obro‘zsizlantirishga harakat qilmoqda, deb hisoblaydi.

Biroq hukmron Sotsial-demokratlar partiyasi vakillari esa bu iddaolarga “Isaev o‘z qo‘li bilan katta miqdordagi pullarni berayotgani to‘g‘risida videolarni ko‘rib turib, bunga qanday ishonmaslik mumkin”, qabilida javob bermoqdalar.

Qirg‘izistonda 15 oktabrda o‘tadigan prezidentlik saylovida 13 nomzod ishtirok etmoqda. Kuzatuvchilarning bildirishicha,saylovda ovozlar uchun asosiy kurash “Respublika” partiyasidan nomzod O‘murbek Babanov va hukmron Sotsial –demokratlar partiyasidan nomzod So‘o‘ro‘nbay Jeenbekovlar o‘rtasida bo‘lishi kutilmoqda.

XS
SM
MD
LG