Линклар

Шошилинч хабар
25 ноябр 2024, Тошкент вақти: 15:31

Jizzaxlik shifokor: Hamshiralar avval ham paxtani tergan, hozir ham teryapti


O‘zbekiston hukumati bu yil o‘qituvchi va shifokorlarni paxta terimiga chiqarmaslikni va’da qilgan esa-da ayrim viloyatlarda tibbiyot xodimlari paxta terishga majburlanmoqda. Andijonda esa maktab va kollejlarda maktab o‘quvchilarining ota-onalaridan paxtaga bir necha o‘n ming so‘m miqdorida pul berish yoki kunlik paxtaga chiqib berish talab qilinmoqda.

Ismi-sharifi oshkor etilishini istamagan Jizzax shahar Tibbiyot birlashmasining hamshirasi Ozodlik bilan suhbatda shifokorlar avval birlashma nomidan paxtaga chiqarilgan bo‘lsa endi o‘zlari yashaydigan mahalla nomidan paxta yig‘im-terimiga majburlanayotganini aytdi.

-Hech narsa o‘zgargani yo‘q. Medsestralar avval ham paxtani tergan, hozir ham teryapti. Birov so‘rasa "mahalla nomidan paxtaga chiqdik", deb aytar ekanmiz”, - deydi jizzaxlik shifokor..

Ayni birlashmaning Ozodlik bog‘langan xodimi hamshiralar ishdan tashqari vaqtlarda paxtaga o‘z ixtiyorlari bilan chiqayotganliklarini aytdi.

- Ish vaqtida hech kim paxtaga chiqayotgani yo‘q. Agar qaysidir ishchimiz dalada paxta terayotgan ekan, o‘z ixtiyori bilan buni qilayotgan bo‘lishi mumkin. Balki qo‘shimcha pul ishlash uchun chiqqandir, - dedi Jizzax Tibbiyot birlashmasi xodimi.

Ayni paytda maktablarda o‘quvchilarning ota onalari paxtaga pul berishga yoki paxtaga chiqishga majburlanmoqda.

Pul bermagan yoki paxtaga chiqmagan ota-onalarning farzandlari darsdan chetlatilish bilan qo‘rqitilmoqda, sinfdoshlari orasida izza qilinmoqda.

Andijondagi 20-son maktabda farzandi o‘qiydigan ota-onalardan biri bu haqda gapirib berdi.

- Kecha qizim yig‘lab keldi hammani oldida darsdan chiqarib yuboribdi so‘kib. O‘qishga paxtani nima aloqasi bor. Kimdir paxtaga chiqmasa yoki pul bermasa bolalarda nima ayb, - deydi andijonlik ona. Maktab rahbariyatidan bu haqda izoh olib bo‘lmadi.

O‘zbekistonda paxta terimida majburiy mehnatdan foydalanilayotgani to‘g‘risida ko‘p yillardan beri xalqaro tashkilotlar va huquq faollari xabar berib keladi.

Buning ortidan dunyoning 150 dan ortiq yirik shirkati o‘zbek paxtasi va undan tayyorlangan mahsulotlarga boykot e’lon qilgan edi.

XS
SM
MD
LG