Линклар

Шошилинч хабар
28 ноябр 2024, Тошкент вақти: 14:52

6 yoshli Sunatillo 5 yil ko‘rmagan otasi bilan uchrashdi


Sunatillo 1 yoshga to‘lganida onasi bilan O‘zbekistondan deportatsiya qilingan edi.
Sunatillo 1 yoshga to‘lganida onasi bilan O‘zbekistondan deportatsiya qilingan edi.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi “Do‘stlik” chegara punktining ochilishi munosabati bilan prezident Islom Karimov rejimi paytida bir-birlaridan majburan ajratilgan oila a’zolari – ota va o‘g‘il, er va xotin- uzoq yillardan beri birinchi marta yuz ko‘rishdi.

6 ёшли Сунатилло 5 йил кўрмаган отаси билан учрашди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:01 0:00

O‘sh va Andijon o‘rtasidagi “Do‘stlik” chegara-o‘tkazish punkti bir necha kundan beri o‘ta gavjum. Chegaradan O‘zbekistonga o‘tish uchun navbat kutib turganlar orasida Ozodlik radiosining qirg‘iz xizmati muxbiri 6 yoshli Sunatilloni ham uchratdi.

-Isming kim?

-Sunattillo?

-Necha yoshdasan?

-Olti yoshdaman.

Olti yoshli Sunattulloning quvonchi ichiga sig‘maydi. U onasi bilan birga 5 yil oldin ko‘rgan otasining oldiga ketayapti. Sunattillo 1 yoshga to‘lganida O‘zbekiston hukumati uning onasi va uch nafar akasini Qirg‘izistonga deportatsiya qilgan ekan. Bunga uning onasi O‘zbekiston vatandoshligiga ega bo‘lmagani sabab bo‘lgan. O‘zbekiston vatandoshligi esa, bir qator murojaatlarga qaramay, bu oila to‘rt farzandli bo‘lguniga qadar ham Sunatilloningg onasiga berilmagan.

-Hozir qaerga ketayapsan?

-O‘zbekistonga.

-Nimaga?

-Otamning oldiga ketayapman.

-Otangni ko‘rmaganigga necha yil bo‘ldi?

-Besh yil bo‘ldi.

-Hozir otangni ko‘rsang taniysanmi?

-Yo‘q.

Sunatillo kabi o‘z yaqinlarini uzoq yillardan beri ko‘rmagan minglagan odamlar chegara ochilganidan xursand. Ularning xursandchiligini uzundan-uzoq navbatlar va noqulayliklar ham buza olmayapti..

“Do‘stlik” chegara –o‘tkazish punktining Qirg‘iziston tomonidagi rahbari Baxtiyor Esengeldiev bu navbatlarning keti kechayu-kunduz uzilmayotganini aytdi:

-Chegaradan avvallari 1000-1500 odam o‘tayotgan bo‘lsa, hozir bir sutkaning ichida ularning soni 2,5 ming kishiga etdi.2013 yildan beri O‘zbekistonga o‘tolmay yurgan odamlar chegara ochilganini eshitiboq, bu yerga kela boshladilar. Shuning uchun chegarachilarimiz ularning hammasini tez-tez o‘tkazishga ulgirmay qolmoqda. Biroq bu muammoni hal qilish uchun qo‘limizdan kelgan ishni qilayapmiz, -dedi Baxtiyor

O‘zbekistondan Qirg‘izistonga o‘tib kelgan Dilara Nazirbekova o‘zbek chegarachilari ham aholiga hech qanday to‘siqlarni qo‘ymayotganini aytdi:

-Deklaratsiya yozdik, keyin tekshiruvdan o‘tdik.Keyin pasportimizga muhr urdi, o‘tib kelaverdik.

-Bir odamga qancha vaqt ketdi?

-Bir 15 daqiqa vaqt ketdi, u erda tekshirishar ekan, -dedi Dilra Nazirbekova.

O‘zbekistondan Qirg‘izistonga kelin bo‘lib tushgan Zulfiya esa matbuotda chegara ochilgani to‘g‘risidagi xabarlarga ishonmay, o‘z ko‘zi bilan ko‘rish uchun bu yerga kelgan.

-Oldin ishonmadim, haqiqatan ham ishonmadim. Keyin ko‘rib, yig‘lab yubordim. Nahotki men ham endi tug‘ilgan vatanimga o‘ta olaman, qarindoshlarim bilan ko‘risha olaman, deb ko‘zimga yosh keldi. Shu kunlarga yetkizgani uchun Xudoga shukur, -deydi Zulfiya.

“Do‘stlik” chegarasining ochilishi ortidan bu yerda valyuta almashtirish shahobchalari, do‘konlar va boshqa tijorat shahobchalarining ishi ham qayta jonlandi.

2010 yildan beri O‘zbekiston tomonidan bir tomonlama yopilgan “Do‘stlik” chegara-o‘tkazish punkti prezident Shavkat Mirziyoevning Bishkekka 5-6 sentabrda qilgan davlat tashrifi ortidan 6 sentabr kuni rasman ochilgan ochilgan edi.

XS
SM
MD
LG