Линклар

Шошилинч хабар
28 ноябр 2024, Тошкент вақти: 14:59

Qirg‘iziston prezidentligiga nomzodlar e’lon qilindi. Saylovning eng qizg‘in pallasi boshlandi


Qirg‘izistondagi saylovlarda ovoz berish varaqchalarini avtomatik tarzda hisoblaydigan qutilardan foydalaniladi.
Qirg‘izistondagi saylovlarda ovoz berish varaqchalarini avtomatik tarzda hisoblaydigan qutilardan foydalaniladi.

Qirg‘izistonda prezidentlikka nomzodlar ro‘yxati rasman e’lon qilindi va saylovoldi targ‘iboti boshlandi.

Қирғизистон президентлигига номзодлар эълон қилинди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:52 0:00

Prezidentlikka nomzod sifatida 13 odam rasman ro‘yxatga olindi

Qirg‘iziston Markaziy saylov komissiyasi 10 sentabr kuni prezidentlikka nomzodlar ro‘yxatini rasman e’lon qildi.

Prezidentlikka nomzod sifatida ro‘yxatga olish iltimosi bilan Markaziy saylov komissiyasiga 59 odam ariza topshirgan edi. Biroq ularning ko‘pchiligi qirg‘iz tilidan imitihon topshirish, 30 ming tarafdorning imzosini taqdim etish va saylov jamg‘armasiga 15 ming dollarga yaqin pul o‘tkazish kabi shartlarni bajara olmadi.

Markaziy saylov komissiyasi 59 odamdan 13 nafarini prezidentlikka nomzod sifatida rasman ro‘yxatga oldi. Bular Temir Sariev, O‘murbek Babanov, So‘o‘ro‘nbay Jeenbekov, Bakit To‘ro‘baev, Ernis Zarlikov, Adaxan Madumarov, Azimbek Beknazarov, Toktayim Umo‘talieva, Ulukbek Ko‘chko‘rov, Arslanbek Maliev, Taalatbek Masadikov, Kamchibek Tashiev va Arstanbek Abdildaev.

-Qirg‘iz Respublikasi prezidentligiga saylovning eng mas’uliyati va eng katta bosqichi –targ‘ibot –tashviqot ishlari boshlandi. Targ‘ibot-tashviqot ishlari 14 oktabr kuni ertalab soat 8da yakunlanadi, -dedi Markaziy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari Abdijapar Bekmatov nomzodlar ro‘yxatini e’lon qilar ekan.

"Jentelmencha kelishuv"

Nomzodlar ro‘yxati rasman e’lon qilinishidan bir kun oldin prezidentlikka nomzod sifatida tasdiqlangan shaxslar “jentelmencha kelishuv”ni imzoladilar.

Markaziy saylov komissiyasi raisi Nurjan Shayldabekova ishtirokida 5 nomzod imzolagan kelishuvda saylovchilar ovozini sotib olinishiga yo‘l qo‘ymaslik, Konstitutsiya va qonunchilik talablariga amal qilish, har bir saylovchining huquqini hurmat qilish kabi shartlar qayd etildi.

Kelishuvda “nomzodlar saylov natijalarini tan oladi”, degan shart ham mavjud. Biroq bu hujjat “jentelьmencha kelishuv” bo‘lgani uchun hech qanday yuridik kuchga ega bo‘lmaydi.

Prezidentlikka nomzodlar Adaxan Madumarov va Ulukbek Ko‘chko‘rov mazkur kelishuvni imzolashdan bosh tortishdi.

-Bugungi kunda administrativ resurslardan to‘liq foydalanishayapti. Ularga jinoiy elementlar ham qo‘shilib, ayrim hududlarda odamlarga bosim ko‘rsatishayapti.Sizlar davlatdan oylik olayapsiz, shuning uchun bizni qo‘llashga majbursizlar, kabi so‘zlar bo‘layapti, - dediUlukbek Ko‘chko‘rov kelishuvni imzolashdan bosh tortganini izohlar ekan.

Hukumat prezidentlik saylovini xolis va adolatli o‘tkazishga va’da bermoqda

Qirg‘iziston hukumati bu kabi iddaolar o‘rinsiz ekanini, saylov xolis va adolatli o‘tkazilishini bildirib kelmoqda.

21 avgust kuni prezidentlikka nomzod So‘o‘ro‘nbay Jeenbekov bosh vazir lavozimidan iste’fo bergan va buni “saylovda ishtirok etayotgan barcha nomzodlarga teng sharoit va raqobat yaratish maqsadida” qilgannini aytgan edi.

Ayni paytda prezidentlik saylovidagi eng kuchli raqiblaridan biri bo‘lishi kutilayotgan O‘murbek Tekebaev 16 avgust kuni sud hukmi bilan korrupsiyada aybdor, deb topilib 8 yil ozodlikdan mahrum etildi. Tekebaevning nomzodi “Ata Meken” partiyasi tomonidan prezidentlikka ko‘rsatilgan edi.

Qirg‘izistonda prezidentlik saylovi 15 oktabrda o‘tkaziladi.

XS
SM
MD
LG