Линклар

Шошилинч хабар
28 ноябр 2024, Тошкент вақти: 16:25

Qirg‘izistonda prezidentlik saylovi artistlar, jurnalistlar va targ‘ibotchilarni boyitadi


Qirg‘izistonda prezidentlikka nomzodini ko‘rsatmoqchi bo‘lganlarni ro‘yxatga olish, ularni qirg‘iz tili imtihonidan o‘tkazish jarayoni yakunlanib, nomzod sifatida ro‘yxatga olinganlarga rasmiy guvohnomalar berila boshlandi. Nomzodlar rasmiy ro‘yxati 10 sentabrda e’lon qilinadi. Qirg‘izistonda prezidentlik saylovi 15 oktabrda bo‘lib o‘tadi. Bu ikki sana o‘rtasida esa targ‘ibot ishlari o‘tkaziladi.

Қирғизистонда президентлик сайлови артистлар, журналистлар ва тарғиботчиларни бойитади
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:03 0:00

Siyosiy texnologga yuz ming dollar, jurnalistga 6 oylik ish haqi

Prezidentlikka nomzod sifatida ro‘yxatga olish iltimosi bilan markaziy saylov komissiyasiga 60 odam ariza topshirgan. Hozircha uldardan uch nafari – amaldagi bosh vazir So‘o‘ro‘nbay Jeenbekov, "Ak Shumkar" partiyasi lideri Temir Sariev va "Respublika" partiyasi rahbari O‘murbek Babanov rasman prezidentlikka nomzod guvohnomasiga ega bo‘ldi.

Kuzatuvchilar bu galgi prezidentlik saylovida o‘tgan saylovlarga qaraganda nomzodlar ko‘proq pul sarflashlarini, bu pullar evaziga artistlar, jurnalistlar va targ‘ibotchilar “boyib qolishlari”ni aytmoqdalar.

Qirg‘izistonlik kuzatuvchilarning aytishlaricha, nomzodlarning eng boylari har doimgiday Rossiya va boshqa xorij davlatlaridan siyosiy texnologlarni olib keladilar. Ularning bir oylik ish haqi o‘rtacha yuz ming dollarni tashkil qiladi. Kambag‘alroq nomzodlar esa mahalliy jurnalistlardan piar mutaxasis sifatida foydalanadi.

-Yozning o‘rtasidan boshlab menga takliflar tusha boshladi. Yozuvchilarni nomzodlarning shtablariga to‘plab yig‘ilishlar o‘tkazishayapti. Men asosiy ishimdan ta’til olib, nomzodlar uchun ishlaganman, albatta. Chunki yarim yilllik oyligingi saylov paytida oshib ketsa bir oy ichida ishlab topsang bo‘ladi, -dedi saylovlarda ishlash bo‘yicha katta tajribaga ega bo‘lgan jurnalist Tinchtik Altimishov.

Jurnalistlardan tashqari prodakshn studiyalar, televideniye, radio, gazeta va jurnallar ham saylov paytida nomzodlarning reklamalaridan bir necha o‘n minglab dollar foyda olishi kuzatilgan.

Artistlarga kamida 10 ming dollar gonorar

Mashxur qiziqchi Bo‘ro‘nchu Qudaybergenov artistlar ham nomzodlar o‘rtasida talosh bo‘layotganini aytdi. Qiziqchining aytishicha, har bir saylovdan so‘ng artistlar qiz uzatib, o‘g‘il uylab katta to‘ylarni qilish imkoniyatlariga ega bo‘ladilar, mashina yoki uylarni sotib oladilar.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bir san’atkor bir nomzod foydasiga bir oy davomida targ‘ibot ishlarini olib borgani uchun 10 ming dollardan 30 ming dollargacha haq oladi. Xalq orasida o‘ta mashhur san’atkorlarga esa “gonorar” sifatida qimmatbaho mashinalar va uylar beriladi.

Qishloqdagi targ‘ibotchi kamida ming dollarga ishlaydi

Norindagi qishloqlardan birida yashovchi Almaz Ismailov saylovlar paytida oddiy qishloq ziyolilari ham “foyda ko‘rib qolishi”ni aytadi.

- Hozir menga ham takliflar ko‘p kelayapti. Kim qancha pul bersa, shunga yarasha ishlab beramiz. Men ko‘p yillardan beri saylovlarda ishlab kelaman. Yaxshi ishlasak, bir oyda kamida ming dollar haq olamiz, -dedi targ‘ibotchi Almaz Ismailov.

Qirg‘izistonda 2015 yilda o‘tgan parlament saylovlarida, Markaziy saylov komissiyasining rasmiy ma’lumotlariga qaraganda,“O‘nuguu-Progress” partiyasi 112 million so‘m, “Respublika- Ata Jurt” partiyasi 105 million so‘m, Sotsial-demkoratlar partiyasi 103 million so‘m mablag‘ sarflagan.

Bu pullarni 2015 yilgi kurs bilan dollarga o‘giradigan bo‘lsak, har bir siyosiy partiya bir oylik targ‘ibot ishlari uchun o‘rtacha 1 million 600 ming dollardan sarflaganiga guvoh bo‘lamiz.

Qirg‘izistonda prezidentlikka nomzod sifatida ro‘yxatga olinish iltimosi bilan ariza bergan 60 odamning 11 nafari siyosiy partiyalar tomonidan ko‘rsatilgan nomzodlardir.

XS
SM
MD
LG