Линклар

Шошилинч хабар
25 ноябр 2024, Тошкент вақти: 18:28

OzodMaktub: Aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishga oyog‘imizga kishan solingandek boramiz


E’tiboringizga Ozodlikka Qorqalpog‘istonning Ellikqal’a tumanida ishlaydigan vrachdan kelgan xatni havola qilayapmiz. Ismi aytilmasligini so‘ragan muallifning vrach hayoti to‘g‘risidagi maktubini uning hamkasblari o‘qib, fikr bildirishar...

***

Xudo xohlasa, 10 kundan keyin maktablarda chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tugaydi. Bu dispanser-ko‘rik mart oyida boshlangan va haftasiga 3 kun - juft kunlari maktablarga qatnadik. Bunday ko‘rik 4 yildan beri davom etayotibdi.

Bizlar ko‘rikka borib, jaaa topilmas kasallarni topayotganimiz yo‘q, faqat bu ortiqcha dahmaza – rasmiyatchilik, xolos. Bizga ham, maktab muallimlariga ham.

Bundan so‘ng esa, qishloq vrachlik punktlari va oilaviy poliklinikalarga borib, aholini chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazamiz. Bu ham to sentabrgacha davom etadi.

Qisqasi, biz viloyatlardagi vrachlarning yillik ish faoliyatimiz quyidagilardan iborat: bahor va yozda maktab va aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazamiz - oyog‘imizga kishan solingandek boramiz bu ko‘riklarga, so‘ngra may, iyun oylarida paxtani o‘toq qilish, yaganalash, sentabr-oktabr oylarida esa paxta yig‘im terimi.

Kech kuz va qishda esa, qishga tayyorgarlik. Bunda bizning g‘amimiz saksovul, ko‘mir sotib olish va propan ballonlarni zahiralashlardan iborat bo‘ladi.

Bundan bir hafta oldin bizning tumanimiz hokimi ishdan olingan edi, kecha Muso Erniyozov ( Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i kengesi Raisi – tahr) kelib tumanga yangi hokimni tayinlab ketdi, endi tumanga Saidahmad (Avezov Seydamat Seydalimovich – tahr.) ismli kishi hokim bo‘ladigan bo‘ldi. U odam oldin elektr ta’minoti bo‘limida ministr (Qoraqalpoq hududiy elektr tarmoqlari korxonasi aktsiyadorlik jamiyatini boshqaruvi raisi – tahr.) bo‘lib ishlagan edi. Undan oldin esa Ellikqal’a tumani elektrta’minot bo‘limi boshlig‘i edi.

XS
SM
MD
LG