Линклар

Шошилинч хабар
25 ноябр 2024, Тошкент вақти: 15:34

Prezidentning hayoti va o‘limi


O‘zbekiston, deb atalgan Yurt¸ o‘zbekistonliklar deb ataluvchi va nufuzi bugunga kelib qariyb 32 million kishiga etgan Xalq hayotidagi keyingi 27 yillik davr "Islom Karimov davri" sifatida tarixga kirdi. Rasman 1989 yilning 23 iyunida dunyoga kelgan bu davr umidlar, saroblar va armonlar fasllaridan iborat ko‘rilmoqda. Karimovning umr yo‘li tugagan shu kunda uning davriga Ozodlik bilan turli yillarda suhbatda bo‘lgan siyosatchilar, O‘zbekiston siyosiy muxolifati vakillariyu jurnalistlarning nigohi bilan qarashga harakat qildik.

Qarshi - Moskva - Toshkent

Bundan 27 yil avval Islom Karimov O‘zbekiston SSR Kommunistik partiyasi markaziy komiteti birinchi sekretari lavozimiga tayinlandi.

O‘sha davr tutumlariga ko‘ra, Markazqo‘m birinchi sekretari respublikaning to‘laqonli rahbari hisoblanar edi.

1989 yilning jazirama yozi. O‘zbekistonning o‘sha paytdagi rahbari (Markazqo‘m birinchi sekretari) Rafiq Nishonov Moskvaga ishga tayinlangani bois, u egallab turgan lavozim bo‘sh qoldi.

O‘zgarishlar istagidagi millionlab ko‘zlar bu joyga o‘zbek xalqi dardlariga darmon bo‘ladigan shaxs kelishini istar edi.

Jurnalist Ismat Xushev o‘sha paytda Moskva S’ezdlar saroyi yemakxonasida o‘zi guvoh bo‘lgan bir suhbatni esladi.

Men o‘sha paytda bir kun kelib Islom akaning Rafiq Nishonovning o‘rniga kelishini tasavvur ham qilmagan holda Islom akaga “Buning o‘rniga yana bir lo‘ttiboz kelar ekanda,” dedim.

- Ana o‘shanday o‘tirishlarning birida Islom aka “Mixail Gorbachyov hamma obkom birinchi sekretarlarini to‘plab¸ Rafiq Nishonovni Millatlar sovetiga rais qilib olib qolsak. Qo‘llab-quvvatlanglar¸ deb aytdi, dedi. Nishonov davrida Birlik xalq harakati tuzilib¸ uning mitinglarida yurar edik. Rafiq Nishonov qo‘lidan kelgancha qarshilik qilardi. Men o‘sha paytda bir kun kelib Islom akaning Rafiq Nishonovning o‘rniga kelishini tasavvur ham qilmagan holda Islom akaga “Buning o‘rniga yana bir lo‘ttiboz kelar ekanda,” dedim. U kishi menga yalt etib qarab qo‘ydi¸ deya eslaydi Ismat Xushev.

Bu suhbatdan sal o‘tib 1989 yilning 23 iyunida Islom Karimov O‘zbekiston SSR Kompartiyasi markaziy komitetining birinchi sekretari (O‘zbekiston rahbari, deb o‘qing) lavozimiga tayinlandi.

Президентнинг ҳаëти ва ўлими
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:30:00 0:00
Бевосита линк

Ismat Xushev¸ Moskvada "otamlashgani" Islom Karimovning O‘zbekiston komfirqasi rahbari etib tayinlanganidan boshi osmonga etganini aytadi.

- 1989 yilning 23 iyunida O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy komitetining navbatdan tashqari plenumi chaqirildi. Men o‘sha kuni “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasining redaksiyasidan chiqib ketayotsam¸ “Pravda vostoka” gazetasining bosh muharriri Rubin Akopovich Safarov ko‘ylagining yoqasini ochib¸ bo‘ynida galstuk¸ kostyumini orqasiga tashlab¸ hayajonlanib kelaëtgan ekan. “Ha¸ Rubin Akopovich¸ qalaysiz?” desam¸ “Slushay¸ tvoy zemlyak stal Pervim sekretaryom SK Kompartii” dedi. Hayron bo‘ldim. “Kto?” desam¸ "Karimov"¸ dedi. Men uchun bu juda ham kutilmagan hol bo‘ldi. Men Islom akaning Kompartiyaga birinchi sekretar bo‘lishini xaëlimga ham keltirmagan edim. Buning ustiga ikki hafta oldin Moskvada juda qadrdon bo‘lib qolgan¸ ikki hafta bir stolda o‘tirib ovqatlangan¸ goh-gohida birgalashib 50 gramm ichgan odamning kutilmaganda Kompartiyaning birinchi sekretari bo‘lganini eshitib¸ quvonchim ichimga sig‘may¸ bir sakrab Rubin Akopovichning bo‘yniga chiqib olib quchoqlab¸ yopishsam¸ Rubin Akopovich “Sen nima tentak bo‘ldingmi?” deb zinapoyaga o‘tirib qoldi¸ deya eslaydi Ismat Xushev.

O‘sha paytda Islom Karimov Qashqadaryo obkomining birinchi sekretari va ayni paytda SSSR xalq deputati edi va uning nomzodini SSSR Tashqi ishlar vaziri Eduard Shevardnadze ham Ozodlikka 2009 yili bergan suhbati chog‘ida qo‘llab-quvvatlagandi.

- Men o‘shanda ham¸ hozir ham bu eng to‘g‘ri tanlov bo‘lgan edi, deb hisoblayman. Men o‘sha paytda Karimov bilan bir necha marta uchrashganman. O‘zbekistonda ham bo‘lganman. Oramizda do‘stona munosabatlar bor edi¸ deb eslagan edi Eduard Shevardnadze.

Ozodlik muxbiri bilan suhbatda Shevardnadze Karimov nomzodiga qarshilar ham bo‘lganini eslar ekan, bunday degan edi:

- Shunday onlar bo‘ldiki¸ uning nomzodiga e’tiroz bildirganlar ham topildi. Ammo o‘shandagi umum kayfiyat Karimov foydasiga ishladi.

Umidlar fasli

Karimovning yelkaniga shamol puflagan o‘sha davrdagi kayfiyat shamoli nomi umid edi¸ deb eslaydi o‘sha paytda O‘zbekiston SSR Yozuvchilar Soyuzi sekretari bo‘lgan Muhammad Solih.

Muhammad Solihga ko‘ra¸ Islom Karimov hokimiyatga kelishi bilanoq o‘zining mustabidlikka moyilligini namoyon qila boshlagan.

Muhammad Solih: Optimistik ruh bor edi va o‘sha davrning optimistik ruhidan ozgina....

Ozodlik: Umid bor edi. O‘sha paytda norasmiy deb hisoblangan guruhlar¸ xususan muxolifat vakillari bilan uchrashadi¸ degan umid bor edi. Keyin uchrashdi ham. O‘sha uchrashuv qanaqa bo‘ldi?

Muhammad Solih: Uchrashuv ma’nosida¸ muxolifat bilan Nishonov ham uchrashar edi. Nishonovning ikkinchi sekretari Anishchev ham biz bilan uchrashgan. Biz Karimovdan oldingi hukumatga juda qattiq tanqidiy fikrda edik va tanqidiy fikrlarimizni ularning yuziga ochiq aytar edik. Hatto ular bizni qabul qilganda ham ularning kabinetida o‘tirib¸ ularni tanqid qilar edik. Biz qayta qurish bergan erkinlikdan shu qadar mast bo‘lgan edikki¸ shu erkinliklar ham bizga oz ko‘ringan edi va biz Rafiq Nishonovni zolim bo‘lmasa ham¸ avtoritar deb tanqid qilib¸ uning o‘rniga bo‘ladigan har qanday kishi bundan yaxshi bo‘lishi kerak¸ degan fikrda edik. Biz shu yaxshi kishini kutayotgan edik va Karimov keldi. Karimov kelganidan keyingi 10-15 kun ichida shaxsan men shunday umid bilan yashadim. Karimov birinchi sekretar bo‘lganidan bir hafta o‘tib¸ men u paytda Yozuvchilar uyushmasi kotiblaridan bittasi edim¸ meni chaqirdi va “Mana endi siz bilan birga ishlaymiz. Mana Birlik xalq harakatini qurdingizlar. Bu xalq harakati. Bilaman¸ sizlarga Nishonov yo‘l bermadi” degan gaplarni gapirdi. Keyin ma’lum bo‘lishicha¸ bu uning taktikasi ekan. U umidni uyg‘ontiruvchi ba’zi narsalarni gapirdi va biz u yerdan ilhomlanib qaytdik¸ deya eslaydi Muhammad Solih.

"Umid kayfiyati o‘zgarishlar va o‘tish davrining sobit yo‘ldoshidir"¸ degan edi Ozodlik bilan suhbatda 80- yillar oxiri, 90- yillar boshlarida muxolifat saflarida bo‘lgan marhum Abdumannop Po‘latov:

- Rahbarning o‘zgarishi har doim “Qanday o‘zgarishlar bo‘ladi” degan savollarni tug‘diradi va bir qism odamda ijobiy o‘zgarishlarga umid kuchayadi. 20 yil oldin Rafiq Nishonovning o‘rniga O‘zbekiston rahbarligiga Islom Karimov kelganida¸ o‘zbek tilini davlat tili qilish shiori xalq orasida keng tarqalgan va xalqqa yaqin bo‘lgan shior edi.

- Rahbarning o‘zgarishi har doim “Qanday o‘zgarishlar bo‘ladi” degan savollarni tug‘diradi va bir qism odamda ijobiy o‘zgarishlarga umid kuchayadi.

Rafiq Nishonov hukumati “O‘zbekistonda ikkita til davlat tili bo‘ladi. Ya’ni avvalgi vaziyat yanada mustahkamlanib qoladi” degan fikrni matbuot orqali rasman aytib¸ qonun loyihasida aytib kelaëtgan paytda¸ yangi rahbarning norasmiy tashkilotlarga munosabat masalasida¸ siyosiy erkinliklar masalasida munosabati ijobiyroq bo‘ladi¸ deb umid qilingan edi. Rostdan ham ozgina vaqt davomida shunday ijobiy kichik qadamlar bo‘lgan¸ deya eslagan edi Abdumannop Po‘latov.

Yangi rahbar bilan muloqot qilishga¸ undan umid tuyg‘usi sobit bo‘lgani to‘g‘risida eslaydi jurnalist Anvar Usmonov:

- Dastlabki oylarda Karimovga bizlarda juda ishonch bor edi. Menda ham ishonch bor edi. Men bir-ikki marta Karimov bilan uchrashdim. U o‘zini ancha tushunadigan¸ yaxshi odam qilib ko‘rsatgan. Mening u haqda fikrim yaxshi edi. Yangi rahbar¸ tushunadigan rahbar¸ zamonaviy rahbar¸ biz bilan muloqotda bo‘lgan rahbar¸ deb bizda ancha ishonch bor edi u kishiga¸ deydi Anvar Usmonov.

O‘sha paytda Belarus rahbari bo‘lgan Stanislav Shushkevichning fikricha, Karimovni hokimiyat tepasiga kayfiyat shamolida chirpirak bo‘lib uchib kelgan? deyish bilan fikr kemtik bo‘lib qoladi:

- Karimov menda yaxshi taassurot qoldirgan. O‘rta Osiyoning o‘sha paytdagi boshqa rahbarlaridan u mantiqli fikrlashi¸ o‘rinli mulohazalari bilan farqlanar edi.

- Bu kishi menda yaxshi taassurot qoldirgan. O‘rta Osiyoning o‘sha paytdagi boshqa rahbarlaridan u mantiqli fikrlashi¸ o‘rinli mulohazalari bilan farqlanar edi. Men uni eski davrda toblangan izchil sovet mutaxassisi sifatida tanidim¸ deydi Stanislav Shushkevich.

Shamollar, so‘ng korrupsiya fasli

Karimovning iqtidorga kelishi arafasida O‘zbekistonda ijtimoiy-siyosiy bo‘hron qaynagan¸ millatlararo nizolar bois¸ mamlakatning qator nuqtalarida komendantlik soati joriy qilingan edi.

Bu davrga Karimovning o‘zi “To‘rt tomondan urush bo‘layotgan payt”¸ deya baho bergan edi.

- Bugungi O‘zbekistonda katta kurash ketayapti. Bir tomondan emas¸ to‘rt tomondan kurash ketayapti¸ degan edi 1991 yilgi saylovdan oldin Namanganda obkom binosini ishg‘ol qilgan dindorlar bilan uchrashgan Islom Karimov.

Karimov iqtidorga kelish arafasida minglab o‘zbekistonliklar paxtani qo‘shib yozishda ayblanib¸ hibs qilingan edi. Qashqadarëda ishlaganimda yaqinlari qamalgan minglab odam menga arz qilib kelishgan edi¸ deb eslaydi keyinchalik Karimov.

- Men 1987 yilda Qashqadarëga birinchi marta borganimda 1500 odam qamalgan edi. Hamma akamni¸ opamni chiqarib bering¸ deb kelar edi¸ deb eslagan edi Islom Karimov.

"O‘zbeklar ishi"¸ "Paxta ishi" deb nomlangan jarayon tergovchisi Telman Gdlyan Karimov tayinlangan paytda ham O‘zbekistonda edi.

Karimov tarafdorlarining fikricha, mustaqillikning dastlabki yillarida u "Paxta ishi"dan jabr ko‘rganlarga nisbatan qilingan adolatsizlikka barham berishga urindi.

80-yillarda o‘zbeklarni poraxo‘r, deb qiyratgan Telьman Gdlyan¸oradan yillar o‘tib, ​bundan 7 yil oldin Ozodlik bilan suhbatda yangi O‘zbekistondagi poraxo‘rlik ko‘lamidan hayratdaligini aytgan edi.

- Bu xizmatkorlar pastdan o‘marib¸ yuqoriga ham uzatib turish hadisini olgan edilar. Ammo bu xizmatkorlar Sovet ittifoqi nazoratidan qutilib¸ mustaqil bo‘lganlaridan keyin ularning o‘g‘irliklari fantastik ko‘lam kasb qildi. Sovet hukumatini ag‘darganlarni Toshkentdagi Oloy bozorida oëg‘idan osish kerak¸ degan edi Gdlyan.

Bundan 27 yil oldin O‘zbekiston rahbarligiga keltirilgan Karimov Namangandagi dindorlar bilan uchrashuv paytida “Menga mansab kerak emas. Mansab¸ pul mol-mulk ishqida yonganlar uchun kerak”, degan gapni aytgan edi.

- Menga ham tinchlik kerak. Mana bitta qizim turmushga chiqdi¸ yana bitta qizim bor. Boshqa hech kim yo‘q. Qo‘limda kasbim bor. Menga amal kerak emas. Amal kimga kerak? Amal pul oladiganlarga kerak¸ degan edi 1991 yilgi ilk prezident saylovidan oldin Namanganda obkom binosini ishg‘ol qilgan dindorlar bilan uchrashgan Islom Karimov.

Karimov bu gapni mansabga endi o‘tirgan bir paytda aytdi.

Bu gap aytilgan paytda¸ XX asr tugashiga hali 10 yil bor edi. Hali Talabalar shaharchasida talabalarga qarata o‘q otilmagan¸ hali Toshkent markazida bombalar portlamagan¸ hali Andijondagi tinch namoyishchilar ham qo‘rg‘oshin yomg‘iri ostida qolishmagan edi. Bugungi kun bilan o‘rtada qariyb chorak asr bor edi.

- Sovet hukumati paytida 1000 so‘m o‘margan mulozimlar mustaqil bo‘lganlaridan keyin milliardlarni o‘g‘irlashdi.

- Sovet hukumati paytida 1000 so‘m o‘margan mulozimlar mustaqil bo‘lganlaridan keyin milliardlarni o‘g‘irlashdi. Aldashdi¸ qalloblik qilishdi¸ butun mamlakatni¸ butun xususiy mulkni prixvatizatsiya qilishdi. Mana shunaqa banditlar bugungi kunda omadli shaxslar hisoblanadi. Axir, bu banditlar manerasiku! Men bu narsa haqida hech narsa demayman. Bu o‘zbek xalqining ichki ishi. Kimning nima o‘g‘irlaganiga ularning o‘zlari baho berishsin. Bugungi kunda nima bo‘layotgani¸ O‘zbekistonda kim qanday qilib nimani o‘g‘irlaëtgani men uchun ham¸ o‘zbek xalqi uchun ham qiziq¸ degan edi Telman Gdlyan Ozodlikka bergan suhbatida.

Sarobga do‘ngan umidlar fasli

O‘zbekiston kabi muhim bir respublika jilovini qo‘liga olgan Karimov¸ ishni viloyatlarga safardan boshladi. Avvaliga Qashqadaryo¸ keyin Xorazm¸ keyin Farg‘ona vodiysi.

Kursiga o‘rnashgan sayin Karimov tabiatidagi avtoritarizmga moyillik kuchaya bordi¸ deydi Muhammad Solih.

Muhammad Solih: Baribir ham mening ko‘nglimda shubha qoldi va men buni amerikalik tadqiqotchilarga intervьyu beraëtganimda aytdim. “Karimov bizga umidbaxsh gaplarni aytdi¸ lekin buni vaqt ko‘rsatadi. Hali bir narsa deb aytish qiyin” deb aytganman. Nadya Dyuk degan xonim qayta qurishning so‘nggi davrlari haqida “Millatning tug‘ilishi” degan kitob chiqardi. U o‘sha kitobida 1989 yil iyun oyining oxirlarida mening aytgan aynan shu gaplarimni bosib chiqardi. Biz haqiqatan umidvor bo‘ldik¸ lekin bu umidimiz bir necha oy davom etdi. Bu bir necha oydan uzoqqa cho‘zilmadi.

Ozodlik: Umidlar qachon darz keta boshladi?

- 1989 yilda bizga Birlik xalq harakatining programmasini bosib chiqarish uchun “Yosh leninchi” gazetasidan joy ajratib berishdi. Ana shundan keyin Birlik xalq harakatining a’zolariga va Yozuvchilar uyushmasiga ochiqdan-ochiq tazyiq o‘tkazila boshlandi. Hukumat biz bilan yaxshi gaplashadi¸ lekin bizning a’zolarimizni har erda hibsga olib¸ uch kun qamab chiqarib yuborib¸ shunaqa tahdid¸ hatto Nishonov davrida ko‘rilmagan repressiya boshlandi. Lekin biz harakat qilishda davom etdik. Chunki Sovet ittifoqining yiqilish davri kelgan va havo butunlay o‘zgargan edi. Karimov faktori oldinga chiqqan faktor emas edi. Sovet ittifoqi kabi buyuk bir imperiya yiqilar ekan¸ Karimovning kichkina diktatorligi uning soyasida qolib ketdi va Karimov bundan yaxshi foydalandi. U 1989 yildayoq o‘zining xarakterini ochiq ko‘rsatdi¸ deya eslaydi Muhammad Solih.

Jurnalist Anvar Usmonov Karimov kaltagiga duch kelgan ilk ziyolilardan biri bo‘ldi. Bu kaltak boshimizda sinar ekan¸ odil rahbar haqidagi umidlar tutunday tarqadi¸ deb eslaydi Usmonov.

Anvar Usmonov: Sekin-sekin menga ham¸ boshqalarga ham tazyiqlar boshlandi. Mitingni ta’qiqlashdi. Mitinglarni ta’qiqlashdi¸ ammo piket o‘tkazish mumkin edi. Yozdan boshlab sekin-sekin hammamiz qamoqda bo‘ldik. Yodgor Obid va Shuhrat Ismatullaevning boshiga xuliganlar truba bilanmi¸ nima bilandir urib¸ bu bechoralar 20 kun kasalxonada yotib chiqishdi. Biz o‘sha paytda ham tazyiqlar boshlanganini bilmadik. Biz u paytda “Siyosiy shamol sovuq bo‘lib qoldi. Keyin isiydi” deb o‘yladik. Yo‘q¸ bu bunaqa emas ekan. Karimovning siyosati shunaqa ekan. O‘shanda men hamma narsani tushundim. Shuning uchun birinchilardan bo‘lib men ketdim. Karimov ikki yuzli odam. Bugun Rossiya bilan birga bo‘ladi¸ ertaga xohlasangiz¸ shayton birga bo‘ladi. Shuning uchun men hech qachon bunga ishonmayman.

Ozodlik: Lekin bir paytlar ishongansiz.

- To‘g‘ri¸ bir paytlar ishonganman. Men ishondim¸ lekin men xato qildim. Men buni hozir tushunayapman¸ deydi Anvar Usmonov.

Karimov haqida bugun yaratilgan rivoyatlarda uning sovet davridayoq mustaqillik uchun kurashgani¸ O‘zbekiston mustaqilligining me’mori aynan Karimov ekani ta’kidlanadi.

Tergovchi Telman Gdlyanga ko‘ra¸ Karimov sovet davrida sovetcha fikr yuritgan va hech qachon Kreml ideallariga qarshi bormagan.

- Karimovlar ham¸ Nazarboevlar ham mustaqillikni xayollariga keltirishmagan. Ularning birdan mustaqil bo‘lishini Moskvadagi va Kievdagi azamatlar ta’minlashdi¸ deydi Telman Gdlyan.

Tergovchi Gdlyanning bu fikriga misol sifatida Karimovning Gorbachëv etovida Litvaga safar qilganini aytishimiz mumkin.

Mustaqillik e’lon qilgan Litva xalqi uchun Karimov markazga itoatkorlik o‘rnagi sifatida ko‘rgazmali vosita yanglig‘ olib borilgan edi.

Karimov sovet rejimining eng sodiq mulozimlaridan biri edi¸ deb eslaydi Muhammad Solih.

- Karimov mustaqillikni istagan emas¸ u mustaqillik degan so‘zni aytgan odamdan o‘tdan qo‘rqqanday qo‘rqar edi. Men buni muxolifat lideri o‘laroq emas¸ oddiy o‘zbek sifatida aytishim mumkin. Chunki menga o‘xshagan millionlab insonlar uning Sovet ittifoqidan ajralish haqidagi fikrga qanchalik allergiyasi borligini televizor

- Karimov mustaqillikni istagan emas¸ u mustaqillik degan so‘zni aytgan odamdan o‘tdan qo‘rqqanday qo‘rqar edi.

orqali eshitgan. U o‘sha paytda buni yashirmagan ham. Bir kun kelib arxiv ochiladi. Uning gapirgan gaplari bor. U minbarda turib “Mana¸ Muhammad Solih Sovet ittifoqidan ajralish g‘oyasiga osilayapti. Agar biz ajraladigan bo‘lsak¸ uch kun ichida bizni afg‘on mujohidlari bosib oladi” deb aytgan edi. Bu ham kulgili narsa¸ ham fojeali narsa. U bugun tarixni o‘zgartirib¸ o‘zini milliy mujodalaning qahramoni qilib ko‘rsatishga qanday jasorat topganini¸ xalq baholasin. Albatta¸ u yakka hokim. U istasa¸ bugun tarixni teskari yozib chiqadi va yozib chiqayapti. Ammo tarix u aytganiday¸ u yozdirganiday emas. Inshoolloh¸ haqiqiy tarixning yozilishiga oz qoldi. Haqiqiy tarix bir kun yoziladi. Karimov 1990- yillar boshlarida ham¸ oxirlarida ham mustaqillikning dushmani edi. 1991 yil mart oyida o‘tkazilgan so‘nggi referendumgacha Karimov mustaqillikning aktiv dushmani edi. U o‘z dushmanligini qo‘lidan kelguncha qildi. Chunki Sovet ittifoqini eng oxirgi damlargacha himoya qilgan odam Karimov edi. Bugun “Karimov mustaqillik tarafdori edi” degan gapni aytish uchun yo juda bezbet bo‘lish kerak¸ yoki Karimovning yonida turib aytishga majbur bo‘lgan juda qo‘rqoq odam bo‘lish kerak¸ deya eslaydi Muhammad Solih.

Sovet davrida¸ 1990 yilda Markaziy televidenie suratga olgan filmda Karimov “Biz ikkita qopning ichidamiz. Sovet ittifoqidan tashqarida bir kun ham yashay olmaymiz” deb xitob qiladi.

O‘sha davrda Karimovni bir tarafdan Moskva¸ ikkinchi tarafdan nisbatan erkin parlament nazorat qilar edi.

Bu nazorat tizimidan bittasi – Moskva tarix taqozosi bilan yo‘q bo‘lganida¸ Karimov haqiqatan sevindi¸ “Nega sizlar qarsak chalmayapsizlar?” deb o‘zbek parlamenti deputatlaridan gina qildi.

Deputatlardan biri Shuhrat Nusratovning parlament minbaridan turib¸ “Karimov tabiatidagi mustabidlik bizni 37-yillar kabi qatag‘on sari yetaklaydi. Ertaga bizni qamashadi¸ ertaga sizni qamashadi”¸ deb qilgan hayqirig‘i 25 yillik davr mobaynida tasdig‘ini topganiga tarix guvoh.

- Agar biz bugun bunga ovoz bermasak¸ ertaga bizni qamashadi¸ ertaga sizni qamashadi!

- Agar biz bugun bunga ovoz bermasak¸ ertaga bizni qamashadi¸ ertaga sizni qamashadi! Bu degani bizning har bittamiz har qanday vaqtda faqat prezident xohlagani uchungina shunday vaziyatga tushamiz. Prezidentning nimani xohlashini esa¸ biz hammamiz bilamiz. Bugun Karimov Shovriq Ro‘zimurodovni qamadi. Biz¸ bugun bu zalda o‘tirganlar¸ tanlovimizni qilishimiz kerak: demokratiya ëki diktatura. Buning o‘rtasi bo‘lmaydi¸ degan edi 1991 yil 30 sentabr kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston parlamentining 7-sessiyada deputat Shuhrat Nusratov.

Deputat Shuhrat Nusratovga shundan so‘ng boshqa so‘z berilmadi. 25 yil oldin O‘zbekiston jamiyati oldida tanlov bor edi¸ ammo tanlov imkoni boshqa bo‘lmadi.

1991 yilda Namangandagi dindorlar bilan gaplashar ekan Karimov o‘zining mutlaq hokimiyati yo‘lida to‘siq bo‘lgan parlament nazoratidan holi bo‘lish orzusini yashirmadi.

- Agar ertaga meni prezident etib saylasangiz¸ menga parlamentni tarqatib yuboradigan bir jumla kerakki¸ ana undan keyin gapim bitta bo‘ladi, degan edi 1991 yilgi saylovdan oldin Namanganda obkom binosini ishg‘ol qilgan dindorlar bilan uchrashgan Islom Karimov.

Mustabid fasli

Belarus respublikasini demokratik davlat qilish uchun tirishgan¸ ammo imkoniyatlarini qo‘lidan boy bergan Stanislav Shushkevich Ozodlik bilan suhbatda bir vaqtlar o‘zi yaxshi bilgan Karimovning borib-borib mustabidga aylanganidan taassuf bildirgan edi.

- Karimov mustabid¸ ammo ma’lumotli mustabid. Belarusdagi diktatordan sal yaxshiroq ko‘rinadi nazarimda.

- Karimov mustabid¸ ammo ma’lumotli mustabid. Belarusdagi diktatordan sal yaxshiroq ko‘rinadi nazarimda¸ degan edi u Karimovni Lukashenkoga qiyoslarkan,

Birovning xotini birovga qiz ko‘rinadi¸ deyishadi. Aslida mustabidning yaxshisi bo‘lmaydi.

Biz Karimov iqtidorga kelgan 1989 yil kayfiyatiyu o‘shanda paydo bo‘lgan umidlar ko‘p o‘tmay sarob bo‘lib chiqqani haqda hikoya qildik. Karimovning lavozimdagi umri yilnomasini yozish maqsadimiz yo‘q edi.

Hisob-kitob fasli

20 yil bir mamlakatni boshqarish uchun ko‘pmi yo ozmi? Karimovga oq fotiha bergan Eduard Shevardnadzega bundan 7 yil oldin bergan edik bu savolni.

- Bu ham ko‘p¸ ham ham oz. Agar rahbar o‘z xalqi ishonchini oqlasa¸ 20 yil ham¸ 50 yil ham lavozimda o‘tirishi mumkin¸ degan edi marhum Eduard Shevardnadze.

- 2005 yil Andijonda minglab tinch aholi namoyishga chiqqanida¸ Karimovning ularni otishga buyruq bergani oqibatida yuzlab o‘zbekistonlik nobud bo‘ldi. Sizga qarshi Tiflis maydoniga o‘n minglab odam chiqdi. Siz ularga qarab o‘q uzishni buyurmadingiz. Xo‘sh¸ kim dono? Xalqqa o‘q otmagani uchun lavozimidan ayrilgan Sizmi yo o‘q otilgani bois kursisiga mahkamroq o‘rnashgan Karimovmi¸ deya savol bergan edik Shevardnadzega.

- Men yo qon to‘kishim lozim edi¸ yo iste’foga ketishim. Men ikkinchi yo‘lni tanladim. Iste’foga ketdim. Karimov birinchi yo‘lni tanladi.

- Men yo qon to‘kishim lozim edi¸ yo iste’foga ketishim. Men qon to‘kilmasin¸ deya ikkinchi yo‘lni tanladim. Iste’foga ketdim. Hanuz iste’fodaman. Karimov birinchi yo‘lni tanladi. Ammo bunga avvalo o‘zbek xalqi¸ qolaversa¸ tarix o‘z bahosini bersin¸ degan edi marhum Eduard Shevardnadze.

Boshqa suhbatdoshlarimiz¸ Telman Gdlyan ham¸ Stanislav Shushkevich ham Karimovning lavozimdagi hayotiga baho berishni o‘zbek xalqiga havola qilishgan edi.

XS
SM
MD
LG