Линклар

Шошилинч хабар
25 ноябр 2024, Тошкент вақти: 16:42

“Qora rieltor”lar rassomlarni Toshkent markazidan siqib chiqarmoqda


O‘zbekiston - Taniqli rassom Vyacheslav Oxunovning "Boshi berk ko‘cha" nomli performensi
O‘zbekiston - Taniqli rassom Vyacheslav Oxunovning "Boshi berk ko‘cha" nomli performensi

Toshkentdagi "Buyuk Ipak yo‘li" metrosini Qurolli kuchlar muzeyi bilan bog‘laydigan Mirzo Ulug‘bek shohko‘chasiga yondosh “Musavvirlar” ko‘chasida ijod qiladigan o‘nga yaqin rassom o‘z ustaxonalariga ko‘z olaytirayotgan “Qora realtor” ya’ni noqonuniy ko‘chmas mulk savdosi bilan shug‘ulanuvchi jinoiy guruhlar tajovuzidan Ozodlikka shikoyat qildi. Oralarida O‘zbekiston xalq rassomlari bo‘lgan va ismi efirda aytilmasligini so‘ragan shikoyatchi rassomlar Qora rieltor”lar bilan birga¸ kommunal xizmatlar¸ IIV hodimlari tarafidan ham “siquvga olinganligidan” tashvish bildirishdi.

Musavvirlar ko‘chasida ijodxonasi bo‘lgan rassom gapiga quloq solamiz:

- Bu ijodxonani bizga 1960 yilda qurib berishgan edi. Joylashgan joyiga qiziqib bu ustaxonalarni bizdan tortib olishmoqchi. Bir yildan beri kommunal xizmatlar¸ IIV hamda soliq idorasi hodimlari bizga ataka qilmoqda. Ularni ortida esa ko‘chmas mulk oldi-sottisi bilan shug‘ullanadigan tovlamachi qora realtorlar tribdi. Ular rassomlar ijod qilaëtgan Toshkentdagi so‘ngi maskanni ham bizdan tortib olmoqchi¸ deydi suhbatdosh.

Uning yana ta’kidlashicha¸ rassomlar shu paytgacha foydalanib kelgan imtiyozlardan ham maxrum qilinmoqda.

- Rassomlar uyi majmuidagi binolar 1960 yilda ijodkorlar uchun ataylab qurilgan. Ammo bugungi kunda binoning aksariyat qismi san’atga aloqasi bo‘lmagan tujjorlar qo‘liga o‘tib bo‘ldi. Ular bino ichida ustaxonasini saqlab qolgan rassomlarni siqib chiqarish uchun kunora janjal chiqarishmoqda. Rassomlar ustaxonasinig ijodxona sifatidagi imtiyozini bekor qilib binoga komercheskiy status berdirishmoqchi¸ deydi suhbatdosh.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:19:30 0:00
Бевосита линк

Ma’lum bo‘lishicha¸ Mirzo Ulug‘bek shohko‘chasiga yondosh rassomlarning ustaxonalarini yopish haqida TSJ ( Binolar boshqaruv idorasi) vakillari qog‘oz olib kelib berishgan.

Bu ko‘chada taniqli o‘zbek rassomlari Ne’mat Qo‘ziboev¸ Isfandiyor Haydarov va Lekim Ibrohimovning ustaxonalari bor.

Ozodlikning Toshkent shahar hokimiyati Qurilish departamentidagi manbasi rassomlar ustaxonasi bilan bog‘liq vaziyatga aniqlik kiritdi:

- Elitniy joylar bular. TSJ ham¸ arxitektura ham o‘sha yerni sotib olmoqchi bo‘lgan boyvachchalarni obslujivatь qiladi. Shu paytgacha chet elga ko‘chib ketgan yoki o‘lib ketgan rassomlarning ustaxonalarini tortib olib¸ buzib o‘rniga boshqa bino qurishdi. Imtiyoz bekor bo‘ldi¸ kommunal xizmatdan qarz degan gaplar bahona¸ deydi suhbatdosh.

Badiiy Akademiya rassomlarni himoya qilmaydi

Ozodlik surishtiruvi mobaynida rasomlarni himoya qilishi kerak bo‘lgan idora O‘zbekiston Badiiy akademiyasining ijodkor taqdiri bilan qiziqmaëtganligi o‘rtaga chiqdi.

Ozodlikning O‘zbekiston Badiiy akademiyasidagi manbasining aytishicha¸ akademiya raisi Akmal Nur “ko‘chmas mulk” janjalidan uzoq turish siyosatini olib bormoqda:

- Musavvirlar ko‘chasidagi ustaxonalar Akademiya balansidan chiqarib hususiylashtirilgan. Ya’ni bu binolar de yure rassomlarning hususiy mulki. Akmal Nur shu mantiqidan kelib chiqib voqeaga aralashmayati. Xolbuki akademiya rasomlarni himoya qilish majburiyatida. Akademiya hali tuzilganidan beri birorta ijodxona qurib bergani yo‘q¸ deydi manba.

"Charos Kommunal serviz" musavvirlarga qarshimi?

Maqola yozish asnosida Ozodlik muxbiri rassomlarning ijodxonalarini tortib olish harakatlarini olib borayotgan shirkat va uning ikki mulozimini aniqladi.

"Charos Kommunal serviz" deb atalgan shirkat panohida ishlayotgan Malikova Ruzana Sergeevna va Denis Potyomkinlar rassomlarni siqib chiqarib¸ ularga oid ustaxonalarga “tijoriy ko‘chmas mulk” maqomini berish harakatida bo‘lgani Ozodlikka ma’lum bo‘ldi.

Ozodlik tasarrufidagi hujjatlarga ko‘ra Ruzana Malikova rassomlarga oid bir nechta ustaxona oldi-sottisida ishtirok etgan.

"Charos Kommunal serviz" shirkatiga yaqin Ozodlik manbasiga ko‘ra¸ bu shirkat bir nechta rassomlarni sudga bergan:

- Rassom Qodir Yusupov shairkat faollarini haqorat qilganlikda ayblanib sudga berildi¸ dedi manba.

Musavvirlar ko‘chasida istiqomat qiluvchi rassom bu voqeaga oydinlik kiritdi:

- TChSJ ( Binolar boshqaruv idorasi) mulozimlaridan biri Sapunova dagani eri bilan kelib Qodir Yusupov bilan janjal chiqardi. Keyin ular Yusupovni sudga berdi. O‘zbekiston xalq rassomi 80 yashar Mubora aka Yo‘ldoshev esa TChSJ mulozimi Ruzana Malikova bilan suhbatdan keyin yuragi sanchib kasal bo‘lib qoldi. Xalq rassomidan ular kommunal xizmatdan qarzing bor deb yarim million so‘m pul undirib ketishdi. Lekin laoqal kvitansiya ham bergani yo‘q. Boz ustiga oqsoqol rassomga qarab sani studiyangni tortib olamiz deb taxdid qilishdi¸ deydi suhbatdosh.

Ozodlikka ma’lum bo‘lishicha¸ ayni uyda yashovchi O‘zbekiston xalq rassomi marxum Nig‘mat Qo‘ziboevning bevasiga “seni sudga beramiz” degan oltita taxdidli maktub tashlab ketishgan.

Charos Kommunal serviz" tomonidan yuborilgan bu maktub nushalari Ozodlikda mavjud.

Ozodlikka yana ma’lum bo‘lishicha¸ taniqli grafik rassom Kaydalovning nevaralari istiqomat qilayotgan uyni gazini kesib tashlashgan.

Rassomlar bu tajovuzlar borasida prokuraturaga shikoyat qilib yetarli javob olmaganliklarini aytishdi.

Rassomlar nurdan maxrum qilindi

Bundan oldin Toshkentlik rassomlar "prezident trassasi"¸ qolaversa Shanxay hamkorlik tashkiloti prezidentlari avtokarvoni o‘tadigan ko‘chalardagi ustaxonalaridan mahrum bo‘lgan edi.

Toshkentning "Buyuk ipak yo‘li" metro bekati yonidagi xalq orasida "Gorьkiy uyi" nomi bilan mashhur binoning yuqori qavatida joylashgan rassomlar ustaxonasining ko‘chaga qaragan qismi tunuka bilan ëpib qo‘yildi.

Derazalari "trassa" ga qaragani sababli O‘zbekiston Xalq rassomi G‘afur Qodirov¸ Ronald Kleer, Xurshid Ziyoxonov kabi 12 nafar rassom o‘z ustaxonasidan mahrum qilindi.

Hukumatga rassomlar kerak emas

Ozodlik manbasining aytishicha¸ rassomlik ustaxonalarini katta ko‘chadan siqib chiqarish bir yildan beri davom etmoqda va Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti arafasida yanada kuchaygan:

- Derazalari "trassa" ga qaragani sababli G‘afur Qodirov ustaxonasining hamma oynalarini alyukabond bilan qoplab tashlashdi. Rassomga nur kerak¸ tabiiy quyosh nuri. Mulozimlar buni tushunmaydi¸" deydi manba.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi rahbariyatiga yaqin Ozodlik manbasining bildirishicha¸ aslida sammit va xavfsizlik bahonasida¸ rassomlik ustaxonalari joylashgan joyga xaridor chiqqani bois har xil bahonalar bilan ularni siqib chiqarish ishlari ketmoqda.

“Qora rieltor”lar qamalida qolayotgan rassomlar uyida bir paytlar Nadejda Kashina¸ Qoraxon¸ Kaydalov¸ Rempel, Nig‘mat Qo‘ziboev, Mannon Saidov, Ro‘zi Choriev kabi o‘nlab taniqli rassomlar ijod qilgan.

Rassomlar uyiga Toshkentdagi diplomatlar va chet eldan kelgan delegatsiyalar muntazam tashrif buyuradi.

XS
SM
MD
LG