Линклар

Шошилинч хабар
25 ноябр 2024, Тошкент вақти: 19:58

O‘zbek ayollari “intim jihod”dan ogohlantirildi


Tahlilchilar fikricha, jihodga ketayotgan ayollar asosan jangarilarga turmushga chiqadilar.
Tahlilchilar fikricha, jihodga ketayotgan ayollar asosan jangarilarga turmushga chiqadilar.

O‘zbekiston telekanallari uch kundan buyon o‘zbek ayollarini “intim jihod”dan ogohlantirmoqda. Ko‘rsatuvlarda qayd etilishicha, keyingi paytda Suriyaga jihodga ketayotgan o‘zbekistonlik ayollar soni oshgan. Rasmiylar ayollarning asosan “Islomiy davlat” jangarilariga jinsiy xizmat ko‘rsatish uchun ketayotganini aniqlagan.

19 iyun oqshomida O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (MTRK)ning birdaniga uchta telekanali - “O‘zbekiston”, "Yoshlar” va “Toshkent” kanallari orqali Suriyaga ketayotgan jihodchi o‘zbek ayollari mavzusi tilga olindi.

Ko‘rsatuvlarni tomosha qilgan toshkentlik Toshbekning aytishicha, ularda Suriyaga ketayotgan ayollar soni haqida konkret raqamlar keltirilmagan, biroq ular soni oshgani aytilgan:

- Bir xil mavzuga bag‘ishlangan uchta ko‘rsatuv. Uchchalasining ham nomi har xil. Bittasida aktyor Erkin Komilov chiqdi. Bittasida “Me‘mor” masjidi imomi Rahmatilla qori aka chiqdi. Boshqasida Qobil qori aka va har xil islomshunoslar chiqdi. Uchchala ko‘rsatuvda ham O‘zbekistondan ayollarning yurtini tashlab, Suriyaga ketib qolishi tilga olindi. Buning oqibatlari, bizning o‘zbekchiligimizga to‘g‘ri kelmasligi aytilib, yoshlar, xotin-qizlar hushyorlikka, ogohlikka chaqirildi. Ayollarni qadamini kuzatishga qattiq e‘tibor berish kerakligi, ayollarni bu yo‘ldan qaytarish ma‘nosida bir soatcha ko‘rsatuv efirga chiqdi, - dedi toshkentlik Toshbek.

Ўзбек аёллари “интим жиҳод”дан огоҳлантирилди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:27 0:00
Бевосита линк

Shanba kuni ham efir orqali takrorlangan ushbu ko‘rsatuvlarda jihodchi ayollar bilan suhbatlar ham efirga berilgan.

- Boshida ko‘rsatildi bir-ikkita syujetda. Ketib qolgan ayollar telefon orqali ham chiqdi. Qaytib kelolmayotgan ekan. Juda ham qattiq qiyinchiliklarga uchrayapti ekan. “Mani bu yurtlardan olib keting, man adashib kelib qoldim”, deyishdi. Keyin yana bir-ikkita qizlarni ko‘rsatdi. Ketmoqchi bo‘lib turganida ushlangani ko‘rsatildi. Ular bilan suhbat berildi. “Odnoklassniki” orqali tanishib, aldovlarga uchrab, jihodga olib ketilayotgan ekan. Keyin yangi termin haqida gap ketdi – “Intim jihod” degan. Ayollar aldanib, ketib, bu yerda eri bo‘lsa ham, u yoqdagilarga turmushga chiqib ketayotgani to‘g‘risida tanqidiy fikr-mulohazalar bo‘lib o‘tdi, - deydi ko‘rsatuvlarni tomosha qilgan Toshbek.

“Toshkent” telekanali juma oqshomida namoyish qilgan “Ko‘zgudagi biz” nomli ko‘rsatuvda ham “mujohidlarga jinsiy xizmat ko‘rsatish uchun intim jihodga ketayotgan o‘zbek ayollari" qoralangan.

MTRK kanallaridan birida ishlovchi, ismi sir qolishi sharti bilan gapirgan jurnalistga ko‘ra, barcha yetakchi telekanallarga Suriyaga ketayotgan ayollar mavzusini yoritish haqida topshiriq berilgan.

Jurnalistning aytishicha, “Intim jihod”ga ketayotgan o‘zbek ayollari mavzusi haqida yana bir qancha ko‘rsatuv efirga tayyorlanmoqda.

Joriy yil boshida Britaniyadagi Strategik muloqot instituti e‘lon qilgan tadqiqotlarga ko‘ra, keyingi paytda haqiqatdan ham ayollarning Suriya va Iroqqa jihodga ketayotgani aniqlangan.

Institut tadqiqotchilari, birgina G‘arbiy Yevropadan 550 ga yaqin ayol “Islomiy davlat” safiga qo‘shilish uchun ketganini qayd etadi.

Qirg‘iziston hukumati ham jihodga ketgan fuqarolari orasida ayollar soni oshayotganidan xavotir bildirdi. Tojikistonda ham vaziyat shundayligi aytiladi.

O‘zbek telekanallari endilikda O‘zbekistonda ham ayni vaziyat kuchayotganidan tashvish bildirmoqda.

Ba‘zi tahlilchilar Suriya va Iroq hududining bir qismida Islomiy davlat tuzganini iddao qilayotgan IShID ektremistik guruhi saflariga qo‘shilaëtgan o‘zbekistonliklar soni oshayotganini qayd etadilar.

O‘zbek jangarilari iddaosicha, IShID safiga qo‘shilgan o‘zbekistonliklar soni bir necha mingni tashkil etadi. Ularning necha foizi ayollar ekani haqida aniq ma‘lumot yo‘q.

XS
SM
MD
LG