Линклар

Шошилинч хабар
27 ноябр 2024, Тошкент вақти: 13:39

G‘azoga jihod qilgani ketayotgan tojikistonlik O‘shda qo‘lga olindi


Tojikistonning Xo‘jand shahri turg‘uni 45 yoshli Komil Raxmatov to‘rt farzandi va xotinini uyda qoldirib, o‘zi O‘sh aeroportidan Turkiyaga uchib ketishga harakat qilayotgan paytda qo‘lga olindi.

O‘sh shahar militsiyasi tarqatgan ma‘lumotnomada, Komil Raxmatov Turkiya orqali Falastinning G‘azo mintaqasiga borib, u yerda jihodchilarga qo‘shilmoqchi ekani to‘g‘risida yetib kelgan tezkor ma‘lumotlarga asoslangan holda qo‘lga olingani iddao qilingan.

-Biz hozir bir qator dastlabki tekshiruv ishlarini o‘tkazishimiz kerak. Bu shaxsni Yaqin Sharq yoki Arab davlatlaridan turib urushda ishtirok etishga da‘vat etgan kuchlar bor, degan taxminni ham mustasno etib bo‘lmaydi. Ularning ketish yo‘llarini, aloqalarini aniqlaganimizdan keyin, bu ishni Milliy xavfsizlik xizmatiga o‘tkazib beramiz, - dedi O‘sh shahar militsiyasi matbuot kotibi Zamir Sidiqov.

Komil Raxmatov qo‘lga olinganidan so‘ng Ozodlik radiosi qirg‘iz xizmati muxbiriga bergan suhbatida haqiqatdan ham jihod qilish niyatida Falastinga ketishga harakat qilganini aytdi:

-O‘shdan Turkiyaga uchishga harakat qildik.Urush ketayapti-ku, Falastinda yevreylar bilan. Turkiyadan Falastinga avtobuslar bor ekan. Avtobusda yetqazib olib borar ekan, -dedi Komil Raxmatov.

Ғазога жиҳод қилгани кетаётган тожикистонлик Ўшда қўлга олинди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:51 0:00
Бевосита линк

Uning aytishicha, u to‘rt farzandi va ayolini qarindoshlari o‘z ta‘minotiga olishiga ishongan holda G‘azoga ketmoqchi bo‘lgan. Raxmatov turmush o‘rtog‘i uning bu fikriga qarshi bo‘lganini, ammo u xotinining qarshiligiga qaramay, yo‘lga chiqqanini aytdi.

- Aka–ukalarim, qayni ukalarim oilamga yordam qiladi. Albatta, ayolim “Ha” demaydi, ayol kishi ketishingizni xohlamaydi-ku. Tushuntirishga harakat qildim. Tushunsa ham tushunmasa ham ketaveramiz-da, - dedi Komil Raxmatov.

Ayni paytda Komil Raxmatov O‘sh shahar Ichki ishlar boshqarmasi hibsxonasida saqlanmoqda.

Qirg‘iziston rasmiy idoralarining ma‘lum qilishicha, mamlakatning o‘zidan ham “jihod qilish uchun” urush bo‘layotgan hududlarga chiqib ketgan qirg‘izistonliklar soni yuzga yaqinlab qolgan. Ularning o‘nga yaqini qirg‘izistonlik xotin-qizlar ekani aytiladi.

- Biz Suriyada jihod bo‘layaptimi yoki manfaatdor kuchlar o‘rtasida urush bo‘layaptimi degan ma‘noda tushuntirish ishlari olib borganimizdan keyin u yoqlarga ketayotgan odamlar soni kamaydi. Bugungi kunda Suriyaga urushda qatnashish uchun to‘qsondan ortiq qirg‘izistonlik ketgani ma‘lum. Ularning 5 nafari o‘sha yoqlarda halok bo‘lgan, - dedi Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik xizmati matbuot kotibi Raxat Sulaymanov.

XS
SM
MD
LG